Kechaning markaziy jangida ikkinchi engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Brendon Figeroa WBO kamari sohibi Stiven Fultonga qarshi ringga ko'tarildi.
Bahs to'liq 12 raund davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar qarori bilan Stiven Fulton g'alabaga erishdi (114:114, 116:112, 116:112) va ikki yo'nalishda chempionga aylandi.
Eslatib o'tamiz, mazkur vaznda WBO va IBF kamarlari sohibi o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi.
Avvalroq, Murodjon Ahmadaliev mazkur to'qnashuv g'olibiga qarshi mutlaq chempionlik uchun jang qilishini aytib o'tgandi.
Kanelo: "Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim"