Buxorolik bokschi Sardor Yormuhamedov faoliyatini professional boksda davom ettirmoqda. Bokschi kecha mashg'ulotlarga kirishish maqsadida AQSHga jo'nab ketdi. Malum qilinishicha, Yormuhamedov “Olimpians LLC” promousheni bilan shartnoma imzolagan.
“Professional boksga o'tdim. Mashg'ulotlarni boshlash uchun AQSHga keldim. Promoushen bilan allaqachon shartnoma imzolagan edik. Hamma shartlari kelishilgan, Mayamiga kelib joylashdim. Endi ilk jang haqida gaplashamiz. Ungacha sport formamni tiklashim hamda vazn tashlashim kerak”, - dedi Sardor olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.