SportUz.Net
photo photo

Sobiq UFC jangchisi iyun oyidan beri uchinchi marta hibsga olindi

26.11.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

Unga bir nechta ayblovlar qo'yilmoqda.

Bu haqda MMA Fighting xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, Penya 22 noyabr kuni hibsga olingan. Unga nisbatan zo'ravonlik, uydagi zo'ravonlik, bezorilik va tanaga shikast etkazish kabi bir nechta ayblovlar qo'yilmoqda. 

Iyun oyida u sevgilisini kaltaklash hamda talon-taroj qilganlikda ayblanib qamalgan, oktyabrda esa uydagi zo'ravonlik va birdaniga ikki ayolni kaltaklagani uchun yana hibsga olingan. Oktyabr oyida hibsga olinganidan keyin esa, UFC jangchi bilan hamkorlikni to'xtatishga majbur bo'lgandi.

Luis Penya UFC'dagi so'nggi jangini shu yilning aprel oyida o'tkazgan. O'shanda u Aleks Munosni mag'lub etgandi. Hammasi bo'lib u promoushenda sakkizta jang o'tkazib, beshtasida g'alaba qozongan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: