SportUz.Net
photo photo

WBC va WBO chempionlari o'rtasidagi jang bo'lishining nimasi yomon? Xirn prezidentlarga rasmiy murojaat yo'lladi

25.11.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Promouter Eddi Xirn WBC va WBO prezidentlariga rasmiy murojaat qildi.

Xirn o'z maktubida prezidentlardan tashkilot chempionlari amerikaliklar Jermell CHarlo (32-0, 22 KO) va Demetrius Andrade (31-0, 19 KO) o'rtasida o'rta vaznda birlashtiruvchi jang o'tkazishga ruxsat berishni so'radi.

Xirnning so'zlariga ko'ra, WBO kamari sohibi Andrade uzoq vaqtdan beri WBC chempioni CHarloga qarshi to'qnash kelishni orzu qilgan, biroq u hamisha jangdan qochadi. "Matchroom Boxing" xo'jayini bu jangni tashkil etishning yagona yo'li bor, deb hisoblaydi – bu jangga tashkilot prezidentlari tomonidan buyruq berilishi. U WBC boshlig'i Maurisio Sulaymandan Andradeni CHarloga qarshi jang qilishi uchun buyruq berishini so'raydi.

Xirn Sulaymanga shunday deb yozadi: «Bizda 31:0 hisobida eng kuchli Amerika chempioni Andrade bor. U ikkita vazn toifasini zabt etdi va 32:0 hisobiga ega CHarlo bor. Bu jangning nimasi yomon? Nega ikki mag'lubiyatsiz Amerika chempioni to'qnash kela olmaydi? Sababini bilasizmi? Bilaman, bu CHarlo».

Promouterning aytishicha, boshqa jangchilar ham Endradedan qochishadi: «Xayme Mungia birinchi o'rta vazn toifasida chempion bo'lgan. U yuqoriga ko'tarildi. WBO uni Demetriusga majburiy davogar qilib qo'ydi, ammo Xayme: «Yo'q, yo'q. Avval bir nechta oraliq jang o'tkazishim kerak», - dedi. U ushbu vazn toifasida 4 ta jang o'tkazgan va endi WBC eliminatorida ishtirok etmoqchi. Agar siz allaqachon chempionlik uchun kurasha olsangiz, nega sizga eliminator kerak? Bu (IBF chempioni) Gennadiy Golovkin bilan ham xuddi shunday. 29 dekabr kuni u (WBA Super chempioni) Ryota Murataga qarshi jang qiladi. Va keyin u Andrade bilan uchrashishi kerak. Bu yigit nihoyat o'ziga tegishi imkoniyatga ega chiqishi uchun yana nima qilay? Bu hikoya qayta-qayta takrorlanadi. Qachongacha?»

WBO prezidenti Pako Valkarselga yo'llagan maktubida: «Bu jangni hamma ko'rishi kerak, chunki Amerikaning ikki chempioni hozir o'zining eng yuqori cho'qqisida. Men hozir bu chempionlarning shaxsiy karerasi haqida gapirmayman ham. Men boks yanada yuksalishi uchun nima qilish kerakligi haqida gapiryapman. Ushbu muammoni hal qilishda yordam so'rayman. Golovkin va Murata yagona jahon chempionini aniqlashini hisobga olsak, tez orada bu vaznda mutlaq chempionlik uchun kurash olib borishimiz mumkin». – deya tushuntirdi Eddi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: