Kechaning prelim jangi Jozef Benavides rossiyalik Askar Askarovga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallagan bahs to'liq davom etdi va jangning barcha besh daqiqaliklarida katta ustunlikka ega bo'lgan Askar hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabani tantana qildi.
SHu tariqa, jangdan avval vazn reytingining uchinchi o'rnida bo'lgan Askar Askarov navbatdagi jangini katta ehtimol bilan vazn chempioni Devison Figeredoga qarshi o'tkazadi.