SportUz.Net
photo photo

Maxachev yil so'nggiga qadar chempionlik jangida ishtirok etmoqchi

05.03.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev yil so'nggiga qadar chempionlik jangida oktagonga ko'tarilmoqchi.

"Bu yil qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar, uchta jangda oktagonga ko'tarilishim lozim. Agar menga keyingi jangimda top-5 jangchiga qarshi bahs beriladigan bo'lsa, yil so'nggida kamar uchun oktagonga ko'tarilish imkoniga ega bo'laman. Biroq barchasi menga emas, balki UFC'ga bog'liq. Ular kimni chempion qilmoqchi bo'lsa, o'sha chempionlik uchun bahs olib boradi", - dedi Islam.

Eslatib o'tamiz, Maxachev navbatdagi jangini Dryu Doberga qarshi yakshanba tongida o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: