SportUz.Net

Konor qaytganini elon qildi, u mashg'ulotlarni ham boshladi + VIDEO

01.11.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor mashg'ulotlarni boshlagani va tez orada oktagonga qaytishini elon qildi.

Irlandiyalik Dastin Porega qarshi kechgan jangda oyog'ini sindirib olgandi. Konor kutilayotgandan ham ertaroq oktagonga qaytmoqchi. 

"Jarohatdan keyin ilk bor lapa urishni boshladim! Qanday mazza! Mening yaxshi do'stim Arnold SHvarcenegger aytganidek, "Men qaytaman, jin urgur! Alam bilan qaytaman! SHu o'rinda meni kutilganidan ham ertaroq jarohatdan forig' bo'lishga yordam bergan shifokorlar va jamoamga rahmat aytaman. Oyog'imdan olgan jiddiy jarohatdan so'ng meni oyoqqa turg'azishdi. Sport tarixidagi eng buyuk qaytishni amalga oshiraman. Yana ikki oy va men yana oyoqda zarba berish, kurash tushish va bemalaol yugura olaman. Meni kuzatib boring. Bu yilgi taqvimda sakkiz hafta qoldi. Bizni 2022 yilda ajoyib start kutmoqda. Sizlar singan oyoq meni to'xtatib qoladi deb o'ylaysizlarmi? Yo'q, mening uchta oyog'im bor", - dedi Konor.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: