SportUz.Net
photo photo

Xasanboy Do'smatov: Avvalgi terma jamoada ahillik bo'lgan

21.10.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

Uzoq tanaffusdan so'ng terma jamoaga qaytgan Xasanboy Do'smatov jahon chempionatiga tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

Uzoq tanaffusdan so'ng terma jamoaga qaytdingiz. Avvalgi va hozirgi terma jamoada qanday o'zgarishlar sizga yaqqol sezildi?

- Endi albatta, u jamoada ahillik bo'lgan. Buni SHahram ham takidlab o'tgandi. Biz yana qaytib kelib, buni yana yo'lga qo'yishga harakat qilmoqdamiz. Har kuni jamoadoshlarimiz bilan suhbatlashib, o'zaro mehrni uyg'otishga harakat qilmoqdamiz. O'ylaymanki, hozir hammasi yaxshi. Umid qilamanki, natija ham ancha yaxshi bo'ladi. Har bir sportchining tarkib intizomi o'ziga bog'liq deb o'ylayman.

Olimpiya o'yinlari chempioni sifatida siz yana bir bor Jahon chempionatida ishtirok etasiz. Havaskor boksda Xasanboy Do'stmatov katta nom. Uzoq tanaffusdan so'ng qaytishdan qo'rqmadizmi?

- Sportchi yutishni va yutqizishga tayyor bo'lishi lozim. Barchasi ollohdan, biz unga tavakkal qilib ringga ko'tarilamiz. Jahon chempionatida vazn ko'paydi. Havaskor boksdan ketishimga asosiy sabab ham vaznlar kamaygani va -49 kg toifasi yo'q qilingandi. SHu sababli proffesionalga o'tdim. Hozirga kelib esa AIBA yana eski holatga qaytardi va men o'zim uchun unchalik katta farq qilmaydigan -51 kgda ringga ko'tarilaman. Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgandim. Bu safar esa oltinga harakat qilamiz. 

Kuba terma jamoasidan nimalarni o'rgansak bo'ladi?

- Ular birinchi navbatdagi juda ham chidamli, keyin juda tezkor va ular janglarda ancha xotirjam ringda harakat qilishadi. Biz ulardan shularni o'rgansak bo'ladi.

Bu jahon chempionatida bir nechta katta avlod bokschilari qaytdi. Bu yoshlarning o'sishiga to'sqinlik qilmaydimi?

- Ko'pchilik yoshlarga yo'l ber deydi, lekin men o'zimni yoshi katta deb o'ylamayman. Boshqa mamalakatlarga solishtiradigan bo'lsak, biz ancha yoshmiz. Misol uchun, Kuba terma jamoasida 35-36 yoshli bokschilari bor. Men hali o'zimni qari deb o'ylamayman.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: