SportUz.Net
photo photo

Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani. Yangilagan tarkib, Rustam To'laganovning terma jamoadan qolib ketgani va boshqalar haqida to'liq malumot berildi

21.10.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Serbiyadagi Jahon chempionati uchun terma jamoamizning asosiy tarkibi elon qildi.

Bugun Orient Finans Bank'ning bosh ofisida ushbu chempionat oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Boks federaciyasi bosh kotibi  Murodjon Mamadaliev, terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Kuba Boks federaciyasi prezidenti Albero Puig spiker sifatida ishtirok etdi. 

Anjuman moderatori-Zafar Imomxo'jaev chempionatning ahamiyati va unga doir bir necha qiziqarli raqamlarni keltirib, so'z navbatini federaciya bosh kotibi Murodjon Mamadalievga berdi. Bosh kotib barcha tashkiliy masalalar ijoyib yakunlangani, 3 bosqichli tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tganini takidladi. SHuningdek, Kuba boks federaciyasi va jamoasiga O'zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda o'tgan qo'shma mashg'ulotlar uchun minnatdorchilik bildirib, har ikki jamoaga omad tiladi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov bokschilarning jismoniy holati, tayyorgarlik jarayonlarida 60 nafar bokschi, 25 nafar murabbiy ishtirok etgani, mashg'ulotlarda umumiy jismoniy holat, texnika va qop bilan ishlashga alohida etibor qaratilgani haqida gapirdilar. Kuba bokschilari bilan o'tkazilgan qo'shma mashg'ulotlarning foydali jihatlari to'grisida fikr bildirib, ushbu yig'inni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan O'zbekiston Boks federaciyasiga minnatdorchilik bildirib o'tdilar. SHu bilan birga, Marat Galievich tomonidan ushbu jahon chempionatida terma jamoa sardori SHahobiddin Zoirov ekanligi va nima uchun Zoirov tanlanganligiga izoh berildi.

Keyin esa moderator so'z navbatini Kuba Boks federaciyasi prezidenti Albero Puigga berdi:

«Barchaga katta rahmat, O'zbekiston Boks federaciyasi hamda murabbiylar jamoasiga ulkan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizda dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bilan mashg'ulot o'tkazish va tajriba almashish uchun 9 kun vaqt bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasining nafaqat hozirgi tarkibdagi bokschilarining, balki endi o'sib chiqayotgan tarkibining ham darajasi bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Aytib o'tish kerakki, kutilayotgan jahon chempionati va kelgusidagi musobaqalarda ham bu jamoa munosib ishtirok etishiga amin bo'ldim. Biz qo'shma mashg'ulot davomida 7 marta sparring o'tkazdik va o'z xatolarimizni ko'rdik, ushbu xatolar ustida ishlab jahon chempionatida yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Mazkur chempionatda 13 ta vazn toifasi borligi yangi nomlarni kashf etilishiga turtki bo'ladi. Ko'plab  jamoalar raqiblarining yangi bokschilarini bilishmaydi. Bu esa Serbiyadagi dunyo birinchiligining yanada qiziqarli o'tishini taminlaydi. O'ylaymanki, medallar asosan 4 ta terma jamoa orasida taqsimlanadi. Bularning ichiga O'zbekiston va Kuba jamoalarini qo'shib o'tish mumkin. Agar chempionatda hammasi biz reja qilgandek bo'lsa bunda O'zbekiston bilan o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inining ham hissasi katta bo'ladi, deb hisoblayman. Yana bir bor O'zbekiston Boks federaciyasi va yig'ilgan OAV xodimlariga rahmat aytaman. Kelgusi aloqalarimiz bundan ham yuqori darajada davom etishiga ishonaman»,- dedi Albero Puig.

SHundan so'ng so'z olgan Kuba terma jamaosi murabbiyi Rolando Asabel Qo'shma mashg'ulot davomida rejalashtirilgan barcha ishlar amalga oshgani, mashg'ulotlardan ko'ngli to'lganini malum qildi. Kuba jamoasidagi raqobat, shu kungacha erishliganlaridan ruhlangan holda yanada yuqori natijalar tomon intilishlari haqida gapirdi. SHuningdek, murabbiy tayyorgarliklardan kelib chiqqan holda, Belgradda kutilganidan ham yaxshiroq natijani qo'lga kiritishlariga ishonch bildirdi va alabtta O'zbekiston jamoasiga rahmat aytdi.

Rolando Asabeldan keyin tadbirning savol-javob qismi ochiq deb elon qilindi

-67 kg Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va -86 kg vazn toifasida SHohjahon Abdullaev tanlanganiga izoh so'raldi.

-Asadxo'ja 63,5 kg vaznda bir necha turnirlarda yaxshi natija qayd etgan. U hali 20 yoshga to'lmagan, o'sadigan bola. Biz rahbariyat va murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda Mo'ydinxo'jaevni tanladik. Xuddi shu jihat -86 kg vazn toifasida ham bor. Bularni vaznini ko'tardik. Kelgusida ushbu vaznni ushlab turib yaxshi natija ko'rsatish uchun ikkita yosh bokschimizni jamoaga jalb qildik.


- Kuba bilan qo'shma mashg'ulot davomida kubaliklar bizning bokschilarni taktikasini o'rganib olishi jahon chempionatida pand bermaydimi?

- O'rinli savol. Bunday katta musobaqalarga tayyorlanayotgan jamoalar kamdan-kam hollarda yakuniy bosqichda qo'shma mashg'ulot o'tkazadi. Biz murabbiylar shtabi va Saken Jetibaevich bilan bu masalani ancha muhoma qildik va shu qarorga keldik. Bu bizning bokschilar uchun ham juda foydali bo'ldi. Hammasini ring ko'rsatadi. Bir sirni aytsam, bokschilarimiz texnik-taktik imkoniyatlarining hammasini ham ko'rsatgani yo'q. SHuningdek, kubaliklar ham. Barchasi chempionatda ko'rsatiladi.

-Mashg'ulotlar jarayonida Iqboljon Xoldarov va Rustam To'laganov ham ishtirok etgandi. Nega yakuniy tarkibdan o'rin olmadi?

-Iqboljon Xoladarov ancha muddat musobaqalarda qatnashmadi. Har bir bokschi musobaqalarda o'zining imkoniyatlarini, nimaga qodirligini ko'rsatib turishi lozim. -71 kg vaznda bu bokschi kerakli darajani ko'rsata olmadi. SHuning uchun SHahram G'iyosov boradigan bo'ldi ushbu vaznda. 

To'laganovga keladigan bo'lsak, u prof boksda 7 ta jang o'tkazgan. AIBA qoidalariga ko'ra, professional boksdagi janglar 15 taga etmasa, havaskor boksda ringga chiqishi mumkin. Lekin AIBA'ning yana shunday qoidalari borki, Rustam 2016 yildan buyon registraciya qilinmagan, undan tashqari doping nazorati uchun test topshirmagan. Federaciyamiz bir necha bor AIBA'ga murojaat qildi. Biroq Rustam To'laganovga ruhsat berilmadi. Uning havaskor boksda ringga chiqishi uchun hujjatlari to'g'ri kelmadi, deya savollarga javob berdi Marat Qurbonov.


Taniqli sharhlovchi, jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev terma jamoaning nomdor bokschilariga yuzlanib ularning kayfiyati va mashg'ulot to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashish taklifini berdi. Bokschilar ham ketma-ket o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

«Oradan shuncha yil o'tib, ustozlarimiz yana ishonch bildirganidan xursandman. Tayyorgarliklar yaxshi bo'ldi. Niyatimiz havaskor boksda yana bir bor oltin medal olish. Hammaga rahmat», - dedi SHahram G'iyosov.

Xasanboy Do'stmatov:

«Albatta, bilasiz, Jahon chempionatida oltin medal olish armon bo'lib qolgan edi. Mana endi vazn toifalari yana ko'paydi. Havaskor boksni anchayin sog'inganmiz. 3 bosqichli mashg'ulotlarni o'tadik. O'ylaymanki, hammasi yaxshilik bilan tugaydi».

«Hammamizning kayfiyatimiz alo. Mashg'ulot ajoyib bo'ldi. Barchamiz chempionatdan oltin medallar bilan qaytib kelishga harakat qilamiz. Mehnatimizga qarab natijalar ham yaxshi bo'ladi deb o'ylayman», - dedi SHahobiddin Zoirov.

«Mana, akalarimiz fikrlarini bildirishdi. Kafiyatlarimiz alo. In SHaa Allah, barchangizni ishonchingizni oqlab, 2019 yildagi natijani yanada yaxshilashga intilamiz, rahmat»,- deya qo'shimcha qildi amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov.

SHu tariqa, anjuman yakunlandi. Tadbir so'ngida O'zbekiston Boks federaciyasi tomonidan Kuba boks federaciyasi mutasaddilari hamda murabbiylariga esdalik sovg'alari topshirildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: