SportUz.Net
iks
ads

"Lomachenko bilan ham muzokaralar olib borayapmiz". Pakyao - Meyvezer bilan revansh haqida gapirdi

29.10.2025 16:36    


Rasmni yuklab olish

Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao Floyd Meyvezer bilan revansh haqida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

"Har doimgidek, bu erda eng muhimi — homiy topish. Bu muammo emas. Bu jang Netflix striming platformasiga qiziq. Ular boks bozoriga to'liq kirish niyatida emas, lekin mashhur jangchilar ishtirokidagi katta pulli iventlarni tashkil etishmoqchi.

Meyvezer bilan jang haqida gaplashyapmiz. Hozir hammasi bir-birimizni tushuna olamizmi-yo'qmi, shu narsaga bog'liq. Mening jamoam va uning jamoasi to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilib ishlayapti. O'ylaymanki, biz deyarli kelishdik — ko'p masalalar yopilgan, faqat ikki-uchta masala qolgan", — dedi Pakyao Seconds Outga.

"Lomachenko bilan jang? Bu rost. Lekin Lomachenko bilan gap ketganda, bu faqat ko'rgazmali jang bo'lishi mumkin. Haqiqiy jang emas. Meyvezer bilan esa haqiqiy jang haqida kelishib olyapmiz", - dedi Pakyao.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: