Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari chempioni Leon Spinks 67 yoshida saraton oqibatida vafot etdi.
U 1978 yilda prof boksda o'zining sakkizinchi jangida Muhammad Alini ochkolar evaziga mag'lub etgan va jahon chempioniga aylangandi. Prof ringdagi faoliyatini 1995 yilda tugatgan.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev o'zining sakkizinchi jangida chempionlik kamarini qo'lga kiritib, aynan Leon Spinksning natijasini takrorlagandi.
SHahram G'iyosov The Ring reytingida o'tgan oydagi kabi sakkizinchi o'rinda qayd etildi
UFC jangchisi Arman Carukyan greppling qoidalari asosida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi