SportUz.Net
photo photo

Ukrainadagi xalqaro turnirda 6 ta medal qo'lga kiritgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

28.02.2021 20:20    


Rasmni yuklab olish

Xabar berib o'tganimizdek, 22-27 fevral kunlari Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo'yicha Sobiq Ittifoq sport ustasi O.A.Asaulenko xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada Ukraina, Qozog'iston, Moldova va Iordaniya kabi mamlakatlar qatorida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi. 

Turnirda O'zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bugun ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida Abdumalik Xalakov (-57 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) oltin, Sodirbek Kamolmirzaev (-52 kg) kumush, Jahongir Rahmonov (-69 kg), Jamshid Xudoyberganov va SHohjahon Abdullaev (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati







Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: