Eng yaxshi taklifni yaqinda tashkil topgan Triller Fight Club tashkiloti berib, jang huquqini sotib olish uchun 6 million dollar to'ladi. Bob Arum tashkiloti 2,3 million dollar taklif qilgan.
SHuningdek, jangni tashkil qilish uchun Eddi Xirnning Matchroom Boxing kompaniyasi ham 3,5 million dollar to'lashini aytib o'tgan. Bokschilar 6 million dollarlik gonararni 65 foizi Lopesga berishga kelishib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Lopes oxirgi jangda Vasiliy Lamachenkoni mag'lub qilib, uni birdaniga uchta kamardan mahrum qilgan edi. Kambosos esa Li Selbi ustidan g'alaba qozongan edi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"