SportUz.Net
photo photo

Jon Jons UFC'ga qachon qaytishi va ehtimoliy raqibi haqida gapirdi

25.09.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons og'ir vazndagi debyuti qachon bo'lishi va raqibi haqida gapirdi.

"Hozir men 115 kg atrofidaman, o'zimni esa ajoyib his qilmoqdaman. Maqsadim 122.5 kg vazn to'plash. Jangga yaqin esa 120.2 kgga tushaman. Men nafaqat texnikali, balki eng kuchli og'ir vazndagi jangchi bo'lishni niyat qilganman. Aynan shu maqsad yo'lida ishlashda davom etyapman. Men juda sabrliman va oldimda bir necha oy bor. 

Qachon jang qilishimga kelsak. Men keyingi yilning ikkinchi yarmini rejalashtirayapman. Fransis Ngunnu va Siril Gan o'rtasidagi jang g'olibi bilan jang qilgan bo'lardim. Ammo, Stipe Miochich varianti ham yo'q emas. UFC qanday qaror qabul qilishini kutamiz. 

Ngannu - Gan jangini intizorlik bilan kutyapman. Ikkala jangchi ham bir-biridan farq qiluvchi boshqotirmalar. Fransis kattaroq yulduz. Agar u yutqazib qo'yadigan bo'lsa, unda men kattagina puldan quruq qolaman. Umuman olganda esa, menga farqi yo'q, kamarni olsam bo'ldi", - deydi Jon Jons.

Eslatib o'tamiz, Siril Gap va Fransis Ngannu o'rtasidagi jang 2022 yilning ilk raqamli turnirida o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: