SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro‘ziboev Toshkentda "ATF Championship 3" turnirida jang qiladi. Raqib ham ma’lum

17.09.2021 09:43    


Rasmni yuklab olish

25 sentyabr kuni poytaxtimiz katta MMA kechasiga mezbonlik qiladi.

Kuni kecha, Rossiya poytaxti Moskvada navbatdagi jangini o‘tkazib, "Open FC" promoushenining o‘rta vazn (83.9 kg) toifasi chempioniga aylangan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi ham ma’lum bo‘ldi. 

U 25 sentyabr kuni Toshkentda tashkil qilinadigan "ATF Championship 3" turnirida yana oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Unga ukrainalik Aleksandr Dolotenko raqiblik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboev 12 sentyabr kuni braziliyalik Aleks De Paulani mag‘lub etib, "Open FC" chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. 

dol



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: