
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilaridan biri Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangini o‘tkazadi. U ertaga Almati shahrida "Oktagon 23" turniri doirasida ukrainalik Maksim Sorokaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida o‘tkaziladi. Ma’lumki, Soroka hamyurtimizni jangga chorlagandi. Yurtdoshimiz esa, buni qabul qildi va ular o‘rtasidagi jang tashkil qilindi.
Bugun vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda har ikki jangchi belgilangan me’yorni bajara oldi.
Shu o‘rinda yurtdoshimizga ertangi jangda omad tilaymiz!
Bu qiziq! Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisi orqali umumiy hisobda qancha pul ishlab oldi?
World Boxing yilning eng yaxshilarini aniqladi. Unda ikki hamyurtimizning nomzodi bor edi