SportUz.Net
photo photo

Bektemir Meliqo'ziev bilan jang qilishi kutilgan Kovalyovning menejeri doping bilan bog'liq holatga izoh berdi

15.09.2021 19:40    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovning menejeri Egis Klimas o'z mijozida topilgan doping bo'yicha vaziyatga izoh berdi.

Yanvar oyida Kovalyov Bektemir Meliqo'ziev bilan jang o'tkazishi kerak edi, ammo doping-testidan o'ta olmadi va jang bekor qilindi.

"Kovalyov har doim toza bokschi bo'lgan. Endi xuddi shunday holat WBC chempioni Oskar Valdez bilan sodir bo'ldi va ular unga jang qilishga ruxsat berishdi.

Ishonchim komil, agar Kovalyovning bu jangi Rossiyada bo'lganida, bizga ruxsat berishgan bo'lardi. CHunki Sergeyning doping-testida bo'lgan dori tayyorgarlik paytida taqiqlanmagan. Bularning barchasi Kovalyovning qo'liga tushmaganligi aniq. O'ylaymanki, biz yil oxirigacha barcha sinovlardan o'tib, Kovalyovni ringga qaytaramiz”, - deya Klimas so'zlarini keltiradi R-Sport.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: