SportUz.Net
photo photo

Caul Alvares va uning raqibi taroziga chiqdi, ertaga jang + FOTO

27.02.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Florida shtati Mayami shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Bugun oqshom ishtirokchilari tarozidan o'tkazildi. Kechaning markaziy jangi ikkinchi o'rta vaznda WBA Super va WBC yo'nalishlari chempioni, meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvares hamda turkiyalik davogar Avni Yildirim o'rtasida bo'lib o'tadi. Tarozi marosimida har ikki bokschi ham bir xil vazn ko'rsatishdi — 76,0 kg. 

Eslatib o'tamiz, Alvares o'zining so'nggi jangini 2020 yilning dekabrida Kallum Smitga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan holda ikkinchi o'rta vazn chempioniga aylangandi. Yildirim esa 2019 yilning fevralida Entoni Dirrellga imkoniyatni boy bergan edi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Saul Alvaresning keyingi jangi ham deyarli aniq bo'lib ulgurgan. U may oyida WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi ringga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: