Bu haqida bokschimiz SportUz.Net sayti muhbiri bilan suhbatda malum qildi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz shu yilning 15 may kuni Toshkent shahrida WBO Global kamari uchun argentinalik Xeremias Ponsega (27-0, 17 KO) qarshi ringga ko'tariladi. Bahs "O'zbekiston" sport majmuasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, SHohjahon IBF reytingida 4, Ponse esa 5-o'rinni egallab turibdi. SHuningdek, Ergashev WBO reytingi da 8-o'rindan joy olgan. Ponse esa ushbu yo'nalishning International kamari egasi hisoblanadi.