SportUz.Net
iks
ads

"CHiroyli jang ko'rsatishimiz mumkin". Maxachev sobiq UFC chempioni bilan jang qilish istagini bildirdi

11.12.2025 14:33    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Islam Maxachev yana bir bor sobiq chempion Kamaru Usman bilan jang qilish istagini takidladi.

"Men Usman bilan jang qilishni istashimni aytganman. Lekin nimagadir OAV bu jangga ishonmayapti. Mening shaxsiy fikrim — Kamaru hozir top-5da paydo bo'lgan bolalarning hammasini yutib qo'yadi. Xuddi o'sha Morales, Prates... Ular hali sinovdan o'tmagan. 

Menimcha, Kamaru menga eng og'ir jangni bera oladi. Media tomonidan ham bu qiziq bo'ladi va biz chiroyli jang qilib bera olardik. Ammo, variantlar ko'p. Yarim o'rta vazn zerikarli emas, jonlandi. Menga farqi yo'q. Kamarni uzoq vaqt himoya qilishim va o'zimni yaxshi his qilishim mumkin", — dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: