SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev Oq uydagi turnirda jang qilish haqidagi savolga javob berdi

11.12.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Islam Maxachev keyingi jangni Oq Uyda o'tkazish g'oyasi haqida fikr bildirdi.

— Xabib yaqinda Oq Uydagi turnirda jang qilishingni xohlamasligini aytdi. Bu masala yuzasidan u bilan gaplashib oldingmi?

— Rostini aytsam, hali bu haqda gaplashmadik. Bazan Habib Abu-Dabida ham jang qilishimni xohlamasligini aytgan, chunki u erda juda ko'p chalg'ituvchi omillar bor. Oq Uyda ham xuddi shunday bo'lishi mumkin. Bu kabi miqyosdagi birinchi turnir bo'ladi-ku. Biz esa bundan keyin barcha narsani oldindan rejalashtirishimiz kerak bo'lgan darajaga chiqdik. Masalan, Avstraliyada Volkanovskiyga qarshi jangimda bo'lganidek. Jang davomida juda ko'p narsalarni o'zimizcha hal qilishga to'g'ri keldi. U erda birinchi marta duch kelgan holatlarimiz ko'p bo'lgani uchun jang og'ir kechdi. Balki shu narsa Xabibning shunday deyishiga sababdir. U keyingi janglarda yangi, noaniq holatlar bo'lishini istamaydi. Biz esa hammasini odatdagi tartibda qilib borishni xohlaymiz. Hozircha Oq Uydagi turnir qanday o'tishini bilmaymiz" — dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: