SportUz.Net
iks
ads

Bugun 9 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionati final chiptasi uchun ringga chiqadi (Juftliklar)

11.12.2025 10:21    


Rasmni yuklab olish

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilayotgan IBA Jahon chempionatida bugun 1/2 final janglari o'tkaziladi.

Ushbu bosqichga O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschi etib kelgani haqida xabar bergan edik. Asilbek Jalilov rossiyalik, Fazliddin Erkinboev qozog'istonlik, Javohir Ummataliev kubalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi. 

Yarim final janglari bitta ringda, ikki dasturda bo'lib o'tadi. Birinchi dastur janglari Toshkent vaqti bilan soat 17:00, ikkinchi dastur esa 22:00da boshlanadi.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Asilbek Jalilov - Viacheslav Rogozin (Rossiya) 17:30

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston) 18:00

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Alexandru Paraschiv (Moldova) 18:30

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sabirjan Akkalikov (Qozog'iston) 19:00

+92 kg: Arman Maxanov - Davit CHaloyan (Armaniston) 20:00

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston) 22:00

-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston) 22:45

-80 kg: Javohir Ummataliev - Arlen Lopez Kardona (Kuba) 00:00

-92 kg: To'rabek Habibullaev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon) 00:30



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: