SportUz.Net
iks
ads

Gennadiy Golovkin Xalqaro SHon-shuhrat zaliga kiritiladi

05.12.2025 11:18    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks SHon-shuhrat zaliga (IBHOF) kiritish marosimi 2026 yilning 11-14 iyun kunlari Nyu-Yorkning Kanastota shahrida bo'lib o'tadi.

Etiborlisi, ushbu zalga kiritilish uchun o'tkazilgan saylovlarda qozog'istonlik boks afsonalaridan biri Gennadiy Golovkin birinchi urinishidayoq yutib chiqdi. Sobiq Jahon chempionlari Antonio Tarver va Nayjel Benn ham kelasi yili SHon-shuhrat zaliga kiritiladi.

Malumot uchun, Xalqaro boks SHon-shuhrat zali 1990 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Muhammad Ali birinchi bo'lib, undan keyin 2011 yilda Mayk Tayson, 2021 yilda Floyd Meyvezer va 2025 yilda Menni Pakyao ushbu zalga kiritilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: