
Islam Maxachev jamoasi vakillari va Dillon Denis o'rtasidagi mushtlashuvga UFC rahbarlari etibor bermaslikka qaror qilgan bir paytda Nyu-York hokimi Erik Adams mushtlashuvning barcha ishtirokchilari o'z harakatlari uchun javob berishini aytdi.
"Medison Skver Garden"dagi bu zo'ravonlik mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Nyu-York policiya departamenti bu masalada allaqachon to'liq tergov olib bormoqda va barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi" deb yozgan ijtimoiy tarmoqda Nyu-York policiyasida 22 yil xizmat qilgan shahar rahbari.
Bu rossiyalik jangchining ishkalda ishtirok etgan jamoasi azolari, xususan, Magomed Zaynukov uchun yomon xabar. Buning ortidan Zaynukovning UFC’dagi debyuti so'roq ostida qolishi mumkin.

SHohjahon Ergashev ringga qaytyapti. Uning keyingi raqibi va jang sanasi malum (POSTER)