SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev uch oy o'tib, uyiga qaytmoqda

24.11.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC chempioniga aylangan 34 yoshli rossiyalik Islam Maxachev uch oylik tanaffusdan keyin uyga qaytishini elon qildi.

"Anchadan beri uyda bo'lmadim, uch oy. Ertaga nihoyat uyga qaytaman va hammani ko'raman. Tez orada albatta qaytib kelaman", deydi Maxachev UFC Eurasia bilan suhbatda.

Islam 16 noyabr kuni UFC 322 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag'lubiyatga uchratdi va UFC chempioniga aylandi. 22 noyabr kuni esa u Qatardagi UFC Fight Night turnirida Tagir Ulanbekovning sekundanti sifatida ishtirok etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: