SportUz.Net
photo photo

Konor Makgregor nogironlar aravachasida jang o'tkazadi

02.08.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yana bir bor boks qoidalari asosida jang o'tkazadi.

Faqat bu safar u nogironlar aravachasida o'z hamyurti, irlandiyalik parodist aktyor El Foranga qarshi jang qiladi. Nogiron komik Stivo Timoti ushbu jang tashkilotchisi hisoblanadi. Timoti tashkil etayotgan ushbu oqshom 11 sentyabr kuni Irlandiyada bo'lib o'tadi. 

Kechaning markaziy jangida Stivo Timotining o'zi ringga chiqadi. Anderkard jang esa Foran - Makgregor to'qnashuvi bo'ladi. Janglar oddiy boks qoidalari asosida o'tkaziladi. Oqshomdan tushgan pul Irlandiya nogiron-aravachilar associaciyasiga o'tkazib beriladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: