"Bu jang men uchun katta tajriba bo'ldi. U yaxshi bokschi, mutlaq Jahon chempioni. Lekin taxallusidagidek yoki ko'pchilik ataganidek "Monster" ekanini his qilmadim. Zarbasi og'irroq bo'lishi mumkin, lekin u menga o'zining kuchli bosimini o'tkazolmadi. Men qisqa vaqt ichida shu darajada tayyorlanib chiqdim. Agar hammasi men xohlagandek bo'lganida boshqacha boks bo'lardi", deya fikr bildirib o'tgan Murodjon Ahmadaliev OAV vakillari bilan suhbatda.