SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi

17.09.2025 13:27    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Oq uydagi turnirga tayyorgarlik jarayonlari haqida yangi tafsilotlarni ochiqladi.

"Oq uyning Janubiy maydonida taxminan 5 ming kishi bo'ladi. Bevosita Oq uy yonida katta maydon tashkil qilinadi, u erda 85 ming tomoshabin janglarni ekran orqali kuzatadi. Biz sahna quramiz, u erda koncertlar o'tkazamiz. Aslida, bir haftaga Vashingtonni egallaymiz. Va bilasizmi, eng ajoyib jihati nimada? Jangchilar oval kabinetdan oktagonga chiqishadi.

Oxirgi marta men Oq uyda bo'lganimda, uning tomiga chiqqanman va u erda 50 kalibrli vintovkalar bilan snayperlar qo'yilgan edi. Bu juda ham g'alati edi. Lekin, ha, xavfsizlik jiddiy muammo bo'ladi, chunki oxir-oqibat Sekret servisning vazifasi — prezidentni himoya qilish. Men esa bundan hayronman: agar odamlar Oq uyning maydonida yashashsa, bu qanday ishlaydi?

Biz oktagon ustiga arka o'rnatamiz va uning ustida yoritish uskunalari bo'ladi. SHu tariqa, orqa fon sifatida Oq uyning o'zi ko'rinadi. Kameralar burilgach esa, Vashington monumenti namoyon bo'ladi", — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: