Reytingdagi eng katta o'zgarish sifatida amerikalik Terens Kroufordning bir pog'ona yuqorilagan holda birinchi o'ringa ko'tarilib olgani bo'ldi. Krouford 14 sentyabr kuni meksikalik Saul Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
SHu paytgacha birinchi o'rinni hech kimga bermay kelgan super og'ir vaznning ukrainalik chempioni Aleksandr Usik esa ikkinchi pog'onaga tushdi.
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievdan ustun kelgan yaponiyalik Naoya Inoue uchinchi o'rinni saqlab qoldi.
To'liq reyting:
1. Terens Krouford
2. Aleksandr Usik
3. Naoya Inoue
4. Dmitriy Bivol
5. Artur Beterbiev
6. Jessi Rodriges
7. Junto Nakatani
8. SHakur Stivenson
9. David Benavides
10. Saul Alvares.