Musobaqada eng engil vazn - 50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyor Meliqo'ziev ilk bosqichda Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajiga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raundda yakunlandi. SHodiyor 2-raund startida chap qo'l zarbasi bilan raqibni ringga qulatdi. Referi esa darxol jangni to'xtatdi. SHu tariqa, SHodiyor JCHni nokautli g'alaba bilan boshladi.
Bugun shuningdek eng og'ir vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov ham ringga ko'tariladi.