"Bugungi kun holatiga ko'ra, Ukraina terma jamoasi Liverpulda bo'ladigan Jahon chempionatida qatnashish bo'yicha ruxsatnoma tasdig'ini olgani yo'q. Bundan tashqari, Ukraina World Boxing tashkilotiga qo'shilmaganligi uchun ham bu amalga oshmaslik ehtimoli yuqori.
Hozir ukrainalik bokschilarning musobaqada qatnashishi yo'lida harakatlar ketmoqda.
Biz bu vaziyatda yilning eng muhim musobaqalariga astoydil tayyorgarlik ko'rgan sportchilar aziyat chekishini mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat deb hisoblaymiz.
Afsuski, Ukraina boks federaciyasining hozirgi rahbariyatining masuliyatsizligi shunday vaziyatga olib keldi: jamoa tarkibi shakllantirilgani, viza va chiptalar ochilgani haqida jamoatchilikka bayonotlar berildi, ammo jahon chempionatiga ruxsat berilishi borasida haligacha tasdiq yo'q.
Quruq vadalar bilan ish bitmaydi. Mos rahbariyat yo'qligi tufayli ukrain sportchilari mamlakatni jahon arenasida namoyish etish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolish xavfi ostida", — dedi Kotelnik.
Asu Almabaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum qilindi, raqib - sobiq davogar