Etiborga molik jihati shundaki, o'tkazilgan 5 ta jangning barchasida g'alaba qozongan aralash yakkakurash ustalari dunyoning eng kuchli Ligasi hisoblangan UFC promousheni bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Davogarlar turnirining asosiy jangida braziliyalik yarimengil vazn toifasi vakili Joze Delano hakamlarning yakdil qarori (30-27, 30-27, 30-27) bilan argentinalik Manuel Ekspozitoni mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan janglar esa texnik nokaut bilan yakuniga etdi.
Turnirning barcha natijalari:
Joze Delano Manuel Ekspozitoni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30–27, 30–27, 30–27)
Kemeron Rouston Brendon Xolmsni 1-raundda texnik nokautga uchratdi (tirsak bilan zarba) – 1-raund, 2:58
Luis Li Skott Kaushika Saykumarani texnik nokaut qildi (zarba) – 3-raund, 2:20
Josh Xokit Gilerme Urielani texnik nokaut evaziga yutdi (tirsak bilan zarba) – 2-raund, 1:06
Ramiro Ximenes Tommi Kuoccini texnik nokautga uchratdi (tirsak va qo'l bilan zarba) – 1-raund, 2:53
Contender Series turniri yakunlanganidan keyin UFC rahbari Dana Uayt avstraliyalik o'rta vazn toifasi vakili Kemeron Rouston 27 sentyabr kuni Avstraliyaning Pert shahrida o'tkaziladigan turnirda promoushendagi debyut jangida oktagonga ko'tarilishini elon qildi.
Xolland, Vera, Zaxabi va boshqalar Vankuverdagi UFC Fight Night 262 turnirida jang qiladi + POSTER
Dyu Plessining murabbiyi: "Revanshda Xamzat CHimaevni yo'q qilib tashlashni istayman"