Dyu Plessi uchun bu UFC’dagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Umumiy hisobda esa bu professional faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyat. Oldingi ikki mag'lubiyati UFC’ga qadar bo'lgan va so'nggisi 2018 yil oktyabrida qayd etilgan. Dyu Plessi hisobida 22 ta g'alaba mavjud.
Xamzat CHimaev esa MMAdagi 15-g'alabasiga erishdi va haligacha mag'lubiyatsiz bo'lib qolmoqda.