"Uning jamoasi Ganaga sport infratuzilmasi bilan bog'liq vaziyatni ko'rish uchun bordi. Jang Afrikada bo'lib o'tishi ehtimoli bor", - deya Tonining so'zlarini keltiradi Franciyaning dunyoga mashhur L’Equipe nashri.
Malumot uchun, Toni Yoka - 2016 yilgi Rio Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U professional ringdagi so'nggi uchta jangida g'alaba qozongan. Asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lgan Joshua esa 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada chempion bo'lgan. Entoni o'zining so'nggi jangida hamyurti Daniel Dyubuaga muddatidan oldin imkoniyatni boy berib qo'ygandi.