SportUz.Net

Nodirjon Mirzahmedov: "Olimpiadada vaznlar o'zgardi, balki qatnasharman"

12.08.2025 16:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik bokschi, ikki karra Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov havaskor boksdagi faoliyatiga to'xtaldi.

"Agar yana imkoniyat paydo bo'lsa, havaskor boksda Olimpiada bor, unda ham vaznlar o'zgardi. Balki, qatnashishim mumkindir. Kim nima deydi, bilmadim. O'zimni hali 18 yoshdagi yigitdek his qilyapman. Alloh kuch-quvvat bergan yoshgacha jang qilamiz. Zo'rdan zo'r chiqadi. Lekin tugatishimga hali bor, deb o'ylayman", deydi Mirzahmedov SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.

31 yoshli Mirzahmedov avgust oyi boshida prof boksda debyut jangini o'tkazib, g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: