Malumot uchun, Ennis aslida, yarim o'rta vaznda WBA, IBF yo'nalishlari bo'yicha chempion edi. U yaqindagina o'z kamarlarini vakant qoldirib, super yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarildi.
"Ennisning imkoniyatlari yuqori. Sababi, unda iqtidor bor, kuch bor, zarba va texnika ham bor. Har doim vazn haqida gapirganman, lekin uning vazni ham yirik edi o'zi. Bitta yuqoridagi vaznga chiqish menimcha, unga muammo tug'dirmaydi. Hammasi bilan tengma-teng jang qila oladi. Buyog'i tayyorgarligiga, dietasiga va psixologiyasiga bog'liq", deydi G'iyosov.