"Drikusning tik turib jang qilishdagi mahorati CHimaevdan yaxshi, ammo CHimaevning juda kuchli grepplingi bor. Men butun umrim davomida dog'istonliklar bilan mashq qilganman va ularning bosimi ostida turish qanday bo'lishini bilaman. Drikus bu darajadagi kurashga duch kelganmi-yo'qmi, bilmayman, bu uni hayratga solishi mumkin. U qattiq bosimga tayyor bo'lishi kerak. Agar u bunga chidab bera olsa, CHimaevni mag'lub etadi", — dedi Striklend Red Corner MMA’ga.