SportUz.Net

Xamzat CHimaev - Oq uydagi ehtimoliy jang haqida: "Meni deport qilib yuborgan bo'lishardi"

08.08.2025 12:21    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Xamzat CHimaev UFC'ning Oq uydagi turnirida ishtirok etish imkoniyati haqida fikr bildirib, bunga ishonmasligini aytdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu turnirni o'tkazish g'oyasini ilgari surgan edi.

"Meni muhojirlar lageriga yoki shunga o'xshash joyga deportaciya qilishardi. Men sportchiman, atletman. Umrim davomida mashq qilib kelganman. Ayrimlar meni siyosiy vaziyatlarga bog'liq qiyin ahvolga solishadi va vizamni bekor qiladi. Nega ekanini bilmayman. Men bularning barchasini oilam uchun qilaman. Bu ko'plab sportchilarni noqulay holatga qo'yadi. Sport odamlarni birlashtirishi kerak. Agar u erda jang qilish imkoniyatini berishsa xursand bo'lardim, lekin bunga ishonmayman", — dedi CHimaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: