SportUz.Net

Botir Ahmedov Stivenson - Sepeda jangi uchun taxmin bildirdi

12.07.2025 19:18    


Rasmni yuklab olish

Birinchi yarimo'rta vaznda jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar hamyurtimiz SHakur Stivensonning asosiy sparring-sherigi hisoblanadi.

Amaldagi WBC chempioni SHakur Stivensonning mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Uilyam Sepedaga qarshi jangi tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. 

"O'ylashimcha, bu jangda Stivenson ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonadi. Men u bilan mashg'ulot lagerida birga ishlaganman. Juda ko'p marotaba sparring janglarda qatnashganman. SHakur yaxshi sport formasida bo'lgan paytida juda kuchli va qattiq zarba yo'llaydi. Ko'ramiz, jang qanday scenariy asosida kechar ekan, ammo menda shunday his-tuyg'u borki, Stivenson muddatidan oldin zafar quchishi ham mumkin", — dedi Ahmedov.

Darvoqe, SHakur Stivensonga Uilyam Sepedaga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun aynan Botir Ahmedov yordam bergan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: