SportUz.Net

Bob Arum Krouford - Kanelo jangi uchun taxmin bildirdi

30.06.2025 12:06    


Rasmni yuklab olish

Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Saul "Kanelo" Alvares va Terens Krouford jangi borasida o'z fikrini bildirdi.

"Menimcha, Krouford hakamlar qarori bilan katta ustunlik evaziga g'alaba qiladi. Ikkita variant bor: nokaut yoki katta ustunlikdagi qaror. Ikkinchisi ehtimolga yaqinroq, chunki Kanelo blokda yaxshi berkinadi. Odamlar uning qay darajada zaiflashganini ko'ra olishmayapti. Buni oxirgi jangidagina payqay boshlashdi. Lekin bu alomatlar ancha oldin boshlangan edi. Ilgari men Krouford uchun bu jang og'ir bo'ladi derdim. Ammo endilikda bu oldingi Kanelo emas", - dedi Arum.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: