SportUz.Net

"Biz nishonlayapmiz" - Islam Maxachev Topuriyaning g'alabasini xachapuri va gruz tarxuni bilan nishonladi + FOTO

30.06.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

Engil vazndagi chempionlik kamarini vakant qoldirgan 33 yoshli Islam Maxachev Iliya Topuriyaning kechagi g'alabasiga o'z fikrini bildirdi.

Asli kelib chiqishi gruziyalik bo'lgan Iliya Las-Vegasda o'tgan turnirning asosiy jangida braziliyalik CHarlz Oliveyrani birinchi raundning o'zida nokautga uchratib, engil vaznda yangi UFC chempioniga aylangandi. 

Islam Maxachev Topuriyaning g'alabasini jamoadoshlari bilan gruzin xachapuri taomi eb, tarxun ichimligini ichib nishonlaganini malum qildi. U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga tegishli suratlarni ham joylagan. .

"Biz nishonlayapmiz", — deya suratlar ostida izoh ham yozib qoldirgan Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: