SportUz.Net

CHarlz Oliveyra kechagi dahshatli nokautdan keyin ilk bor intervyu berdi

30.06.2025 09:42    


Rasmni yuklab olish

Kecha AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC 317 turnirining asosiy jangida vakant qolgan engil vazn chempionlik kamari sohibi aniqlangandi.

Unda sobiq yarimengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya engil vaznda sobiq UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyrani birinchi raundning o'zida chuqur nokautga uchratgan edi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi ushbu mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi. 

"Men sevimli ishim bilan bir necha yildan beri shug'ullanaman. Bu safar hammasi men xohlaganimning aksi bo'lib chiqdi. Bu sportimizning bir bo'lagi va Yaratganning xohishi. Jarohatga tushgan bir nechta choklarni inobatga olmaganda, menda hammasi joyida. CHin qalbdan menga xayrixoh bo'layotgan, qayg'urayotgan insonlarga minnatdorlik bildiraman. Hozir uyga qaytaman, keyin hammasini o'ylab ko'rib, kelgusi faoliyatim bo'yicha o'z qarorimni elon qilaman", — dedi Oliveyra o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: