Las-Vegasdagi musobaqa davomida o'ta engil vazn toifasidagi reyting jangi tashkil etildi.
Unda amerikalik birinchi raqamli sportchi Brendon Royval reytingning 12-pog'onasidagi Myanma vakili Joshua Vanga qarshi oktagonga ko'tarildi.
To'liq davom etgan bellashuvda sensaciya guvohiga aylandik. Joshua Van jangda 29-28, 29-28, 30-27 hisobida hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabani o'ziniki qildi. U ketma-ket beshinchi jangida ham zafar quchdi va endilikda katta ehtimol bilan kamar uchun majburiy davogarga aylandi.
Takidlash joiz, ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Ramazon Temirov ham faoliyat yuritadi. Reytingning 14-o'rnida borayotgan sportchimiz 26 iyul kuni Asu Almabaev bilan to'qnash keladi.