Oqshomning asosiy jangi birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol o'rta vaznda sobiq jahon chempioni meksikalik Xulio Sezar CHavesga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raund to'liq davom etgan reyting jangida amerikalik bloger hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozondi - 109-101, 107-103, 108-102. Bugungi g'alabasidan keyin Pol WBC va WBA yo'nalishlari reytingiga kiritildi.
Malumot uchun, Jeyk Pol bundan avvalgi jangini 2024 yilning noyabr oyida 58 yoshli afsona Mayk Taysonga qarshi o'tkazib, ochkolar bo'yicha zafar quchgandi. 28 yashar Jeykning prof boksdagi rekordi 7 g'alaba va 1 mag'lubiyatni tashkil qilmoqda. 39 yoshli CHaves hisobida 53 g'alaba, 1 durang va 7 mag'lubiyat bor.