Unda engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun amerikalik sobiq davogar Benil Dariush Braziliya vakili Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik bellashuv to'liq davom etib, yakunda Benil Dariush ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi hamda ikkitalik mag'lubiyatni seriyasini yopib ketdi.
Moykano esa ketma-ket ikkinchi jangida imkoniyatni boy bermoqda. U avvalroq Islam Maxachevga qarshi chempionlik bahsida ham mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Dariush ayni damda engil vazn toifasida UFC reytingida 9, Moykano esa 11-o'rinni egallab turibdi.