SportUz.Net

Kamarga yaqin turgan Muhammad SHexovning navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER

25.06.2025 15:06    


Rasmni yuklab olish

Buxorolik charm qo'lqop ustamiz WBA reytingi ikkinchi o'rni uchun kechadigan engilmas nokautchiga qarri ringga ko'tariladi.

Bokschimiz 5 iyul kuni Rossiyalik Ekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan prof boks oqshomida argentinalik Rodrigo Ruizga qarshi jang o'tkazadi. G'alaba qozonadigan bokschi ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg) toifasi WBA reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oladi. 

Muhammad SHexov (16-0-1, 4 KOs)ning raqibi  Rodrigo Fabian Ruiz (22-0, 16 KOs) prof faoliyati davomida hali mag'lubiyat va durang qayd etmagan. G'alabali yakunlangan 22 ta jangining 16 tasini muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan. Dmitriy Bivolni do'sti va jamoadoshi bo'lgan SHexov ham hali mag'lubiyatga uchramagan. U WBO va WBA yo'nalishlari reytingida Top-10`talikda bormoqda. 

SHuningdek, Muhammad IBF Inter-Continental kamari sohibi ham hisoblanadi. Bu kamarni u o'tgan yilning sentyabr oyida CHelyabinsk shahrida o'tgan RCC Boxing Promotions shousi doirasida qo'lga kiritgandi. Yaqinda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tgan boks turnirida esa lotinamerikalik davogar Orlando Moralesni mag'lubiyatga uchratgan edi.  

Qizig'i, bu vaznda Murodjon Ahmadaliev mutlaq jahon chempionligi uchun harakat qilmoqda va bu orzusiga 14 sentyabr kuni erishishi mumkin. Argentinalik Rodrigo Fabian Ruiz WBA va IBF yo'nalishlari reytingida Top-15`dan joy olgan. Ruiz 10 marotaba Janubiy Amerika qitasi chempionligini himoya qilgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: