Unda Bob Arum boshchiligidagi Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan superog'ir vaznli professional bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko'tariladi.
Avval xabar berganimizdek, Jalolovga oqshom doirasida italiyalik 36 yoshli Janmarko Kardilo raqiblik qiladi. Bokschimizning menejerlik kompaniyasi "Mir Boksa"ning malum qilishicha, ushbu jang 10 raund etib belgilangan.
Jalolov hozirga qadar prof faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. O'zining barcha janglarini vatani Italiyada o'tkazgan Janmarko Kardilo hisobida esa 12 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 2 durang bor.
"Boshqa aziyat chekishni istamadim". Topuriya engil vaznga o'tish sababini ochiqladi
"Mening o'z rejalarim bor". Petr Yan nimaga chempionlik jangini kutmaslikka qaror qilganini aytdi