SportUz.Net

Jalolov bilan bir vazndagi Xrgovichning keyingi jangi sanasi va raqibi aniq bo'ldi

15.06.2025 16:42    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazndagi xorvatiyalik bokschi Filipp Xrgovich ringga qaytmoqda.

U navbatdagi jangini 16 avgust kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) britaniyalik Devid Adeleyega qarshi o'tkazadi. Bu haqda The Ring nashri xabar berdi.

Xrgovich oxirgi shu yilning aprel oyida Jozef Joysga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Uning hisobida 18 g'alaba (14 tasi nokaut) va bitta mag'lubiyat bor.

Adeleye esa so'nggi jangini Jeymi SHikevaga qarshi o'tkazib, zafar quchgandi. Devid faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: