SportUz.Net

Promouter: "Kuzda Bogachuk uchun katta jang tashkil qilishni rejalashtiryapmiz"

15.06.2025 14:18    


Rasmni yuklab olish

Super yarim o'rta vazn toifasidagi ukrainalik bokschi Sergey Bogachukning promouteri Tom Leffler charm-qo'lqop ustasining keyingi qadamlari haqida gapirdi.

"U rasman WBC chempionligi uchun majburiy davogar sifatida tayinlangan, ammo chempionlik uchun jang hali belgilanmadi. Hozir vaziyat biroz noaniq. Ko'ramiz, Fundora-Czyu jangidan keyin nima bo'larkin. Kuzda Bogachuk uchun katta jang tashkil qilishni rejalashtiryapmiz. Fundora, Czyu, Ortis yoki Baxram — bularning barchasi Bogachuk uchun ajoyib nomlar va raqiblardir. Sergey kim bilan jang qilishiga ahamiyat bermaydi, chunki u o'zini bu vazn toifasidagi eng zo'ri deb biladi. Buni isbotlash uchun unga shunday janglar kerak. Super yarim o'rta vazn toifasida Bogachuk uchun ajoyib raqiblar ko'p", deydi Leffler.

Eslatib o'tamiz, Butunjahon boks kengashi (WBC) super yarim o'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempion Virjil Ortis va Sergey Bogachuk o'rtasidagi jangni belgilashni rejalashtirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: