Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Jahongir Jumaev Ukraina vakili Vladislav Rudnevga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Biroq hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuv bekor qilindi.
Bu haqda Jumaevning o'zi malum qildi:
"Mashg'ulotlardagi sparring janglarda o'zim bilmagan holda jarohat olib qo'yganim uchun jangni keyingi musobaqaga qoldirdik. Nasib qilmagan ekan", deb yozgan sportchi.
Takidlash joiz, buxorolik MMA jangchisi faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, 11 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.